Faoliyatimiz
Dars jarayoni va o'quv metodikamiz
Har bir kurs amaliy mashg'ulotlar asosida tashkil etiladi: fundamental nazariyadan so'ng o'quvchilar to'g'ridan-to'g'ri 1C dasturida real hujjatlar bilan ishlashni, soliq hisobotlarini tuzishni va elektron hisobot topshirishni o'rganadilar. Milliy standartlar kursi uch bosqichda (Fundamental, 1C, Soliq) olib boriladi, Akademik Ta'lim yo'nalishida esa o'quvchilar 4 yil davomida Milliy standartlardan ACCA xalqaro darajasigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tadilar.