Akademiya haqida
ABCO Xalqaro Buxgalteriya va Moliya akademiyasi 2009-yildan boshlab "Right Accounting" MCHJ qoshida tashkil etilgan bo'lib, 2017-yildan boshlab ta'lim faoliyatini yo'lga qo'ygan.
Biz O'zbekistondagi buxgalteriya sohasini faoliyat turlariga ajratmasdan to'liq o'qituvchi yagona professional akademiyamiz. 2021-yildan ACCA Xalqaro Moliya tashkilotining GOLD statusdagi hamkori va IAPBE Xalqaro Moliya tashkilotining doimiy hamkori hisoblanamiz.
Akademiyamizda 30 dan ortiq xalqaro kvalifikatsiyaga ega malakali ustozlar va 50 dan ortiq xizmat ko'rsatuvchi malakali buxgalterlar faoliyat yuritadi. O'tgan davr mobaynida 15 000 dan ortiq bitiruvchimiz ABCO Akademiyasini tugatib, hozirgi kunda nufuzli tashkilotlarda faoliyat olib bormoqda.
Bizning maqsadimiz — buxgalteriya va moliya sohasida milliy va xalqaro standartlar talablariga to'liq javob bera oladigan professional kadrlarni tayyorlash va shu orqali O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy o'sishiga o'z hissamizni qo'shishdir.