Onlayn buxgalteriya kurslari
ABCO Academy'ning onlayn (online) buxgalteriya kursida buxgalteriya asoslari, 1C (1S) 8.3 dasturi va soliq hisobotlarini video darslar orqali o'rganasiz. Haftada bir marta kurator bilan Zoom bo'ladi, har oy oraliq nazorat topshirasiz. Dastur 5 oyga mo'ljallangan, platformaga 6 oyga kirish beriladi. O'zbekistonning istalgan joyidan o'qish mumkin.
Onlayn kurslar
To'liq dastur uch bosqichdan iborat: Fundamental → 1C 8.3 → Soliq hisoboti
OnlaynOnlayn buxgalteriya kursi: Fundamental bosqich
25 ta video darsda buxgalteriya asoslari: debet-kredit, schotlar rejasi va har bir bo'lim. Haftalik Zoom va kurator bilan, istalgan joydan.
Onlayn1C 8.3 onlayn kursi
20 ta video darsda 1C (1S): Buxgalteriya 8.3 dasturida real operatsiyalar: bank, TMB, sotish, ishlab chiqarish, import, inventarizatsiya. Kurator bilan haftalik Zoom.
OnlaynSoliq hisoboti onlayn kursi
14 ta video darsda soliq hisobotlarini tayyorlash va topshirish: QQS, foyda solig'i, JShDS, aylanma solig'i, Didox, my.mehnat va balans.
OnlaynPre-DipIFR onlayn kursi
MSFO bilimlarini onlayn egallang va kursni yakunlab IAPBE xalqaro tashkilotining Diploma Advanced Financial Reporting diplomiga ega bo'ling.
Onlayn o'qish qanday o'tadi
- 1
Ariza qoldirasiz
Sahifadagi formani to'ldirasiz. Menejer qo'ng'iroq qilib, kurs, narx va to'lov shartlarini tushuntiradi.
- 2
Gmail orqali kirish ochiladi
Platformaga kirish Gmail pochtangizga 6 oyga beriladi: dastur 5 oyga mo'ljallangan, 1 oy esa bonus.
- 3
Video darslarni ko'rasiz
Darslarni o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joydan ko'rasiz. Qat'iy dars jadvali yo'q.
- 4
Haftada bir marta Zoom
Kurator bilan onlayn dars: savol-javob, uy vazifalari tahlili va tushunmagan joylaringizga javob.
- 5
Har oy oraliq nazorat
Nazoratdan o'tsangiz, keyingi bosqich ochiladi: masalan, Fundamental bosqichdan keyin 1C.
Onlayn kurs kimlar uchun qulay
Viloyatlarda yashovchilar
Toshkentga qatnash shart emas: Samarqand, Farg'ona, Nukus yoki boshqa shahardan ham bir xil dasturda o'qiysiz.
Yosh bolasi borlar
Darslarni bola uxlaganda yoki o'zingizga qulay paytda ko'rasiz, uydan chiqmasdan.
Ishi ko'p bo'lganlar
Qat'iy jadval yo'q: ishdan keyin, kechqurun yoki dam olish kunlari o'qishingiz mumkin.
Tezroq tugatmoqchi bo'lganlar
5 oy — bu tavsiya etilgan muddat. Faol o'qib, nazoratlardan o'z vaqtida o'tsangiz, dasturni 2 oyda ham tugatish mumkin.
Onlayn yoki oflayn: farqi nimada
Asosiy farq: qayerda, qachon va ustoz bilan qanday o'qishingizda
| Onlayn | Oflayn (Toshkent) | |
|---|---|---|
| Qayerda | Istalgan joydan, internet orqali | Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko'chasi 7G |
| Dars vaqti | Video darslar istalgan vaqtda | Guruh jadvali bo'yicha |
| Ustoz bilan aloqa | Haftada bir marta Zoom'da kurator | Har darsda ustoz bilan yuzma-yuz |
| Nazorat | Har oy oraliq nazorat, keyin keyingi bosqich | Ustoz guruhda tekshiradi |
Bepul darslar va boshqa onlayn kurslar
Platformadagi qolgan kurslar. Pullik kurslarning birinchi bosqichi ham bepul
Onlayn kursga yozilish
Ism va telefon raqamingizni qoldiring. Menejer qo'ng'iroq qilib, kurslar, narx va to'lov shartlarini tushuntiradi, so'ng platformaga kirishni Gmail pochtangizga ochib beradi. Bepul darslarga kirish ham shu yerdan.
Ko'p beriladigan savollar
Video darslarni platformada o'zingizga qulay vaqtda ko'rasiz, haftada bir marta kurator bilan Zoom'da savol-javob va uy vazifalari tahlili bo'ladi. Har oy oraliq nazorat topshirasiz, undan o'tsangiz keyingi bosqich ochiladi: Fundamental, keyin 1C 8.3, keyin Soliq hisoboti.
To'liq dastur 5 oyga mo'ljallangan, platformaga esa 6 oyga kirish beriladi: 1 oy bonus sifatida. 5 oy — eng uzoq reja: faol o'qisangiz, dasturni 2 oyda ham tugatishingiz mumkin.
Ariza qoldirasiz, menejer siz bilan bog'lanib to'liq ma'lumot beradi. Shundan so'ng platformaga kirish Gmail pochtangizga ochiladi va kurslarni shu orqali ko'rasiz.
Ha. Haftada bir marta kurator bilan Zoom'da onlayn dars bo'ladi. U asosan savol-javob, uy vazifalari va tushunmagan joylaringizga javob olish uchun.
Ha, onlayn kursning asosiy afzalligi shu. Internet bo'lsa yetarli: O'zbekistonning istalgan viloyatidan yoki boshqa joydan o'qishingiz mumkin.
Har oy oraliq nazorat topshiriladi. Nazoratdan o'tganingizdan keyin keyingi bosqich ochiladi: masalan, Fundamental bosqich nazoratidan o'tsangiz, 1C bosqichiga kirish beriladi.
Ha. Amaliy buxgalteriya, 1C 8.3 (3.0), ACCA F1 va F2 hamda DipIFR masalalari bepul. Pullik kurslarning birinchi bosqichi ham bepul. Kirish olish uchun ariza qoldiring.
Narx tanlangan kurs va to'lov turiga bog'liq. Ariza qoldiring: menejer narx va to'lov shartlarini aytib beradi.
