Akademik Ta'lim (4 yillik)
Milliy standartlardan ACCA xalqaro darajasigacha — 4 yillik to'liq akademik dastur

Kurs dasturi
1-kurs (10 oy) — Milliy Buxgalteriya
1. Fundamental — 4 oy 2. 1C dasturi — 2 oy 3. Soliq va elektron hisobotlar — 3 oy 4. Amaliyot — 1 oy Kimlar uchun: 9–11-sinf o'quvchilari va maktabni endigina bitirganlar (15–19 yosh). Til: UZB va RUS guruhlari mavjud. Mutaxassislik bo'yicha DIPLOM va O'zbekistonda ishga joylashuv.
2-kurs — ACCA F1, F2, F3 / BT, MA, FA (har biri 3 oydan)
Uchun: 10–11-sinf o'quvchilari va buxgalteriya-moliya sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar yoki shu soha talabalari. Til: ingliz tili. Har bir paper uchun ACCA tashkilotining sertifikati.
3-kurs — ACCA F4, F5, F6 / LW, PM, TX (har biri 3 oydan)
Uchun: 11-sinf o'quvchilari va sohaga oid xodimlar/talabalar. Til: ingliz tili. Har bir paper uchun ACCA sertifikati.
4-kurs — ACCA F7, F8, F9 / FR, AA, FM (har biri 3 oydan)
Uchun: buxgalteriya-moliya sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar yoki talabalar. Til: ingliz tili (F9 rus tilida ham). Har bir paper uchun ACCA sertifikati.
Kurs natijasida
- ✓1-yil yakunida DIPLOM va O'zbekistonda ishga joylashuv
- ✓Har bir ACCA paper uchun xalqaro sertifikat
- ✓4 yil yakunida xalqaro toifadagi mutaxassis darajasiga erishasiz
Kimlar uchun
9–11-sinf o'quvchilari va buxgalteriya/moliya sohasidagi yosh mutaxassislar uchun
Ko'p beriladigan savollar
ABCO Akademiyasi 2009-yildan boshlab "Right Accounting" MCHJ qoshida tashkil etilgan bo'lib, 2017-yildan boshlab ta'lim faoliyatini yo'lga qo'ygan. O'tgan davr mobaynida 15 000 dan ortiq bitiruvchi tayyorladik.
Ha, 2021-yildan boshlab ABCO Akademiyasi ACCA Xalqaro Moliya tashkilotining GOLD statusdagi rasmiy hamkori va IAPBE Xalqaro Moliya tashkilotining doimiy hamkori hisoblanadi.
Milliy Buxgalteriya yo'nalishida 6 oylik dasturni tugatganlarga SERTIFIKAT, 10 oylik dasturni tugatganlarga esa mutaxassislik bo'yicha rasmiy DIPLOM beriladi va O'zbekistonda ishga joylashuvda yordam ko'rsatiladi. ACCA kurslarida esa har bir paper (F1–F9) yakunida ACCA tashkilotining xalqaro sertifikati taqdim etiladi.
Ha, to'lovni oylik bo'lib to'lash imkoniyati mavjud. Aniq shartlar uchun biz bilan bog'laning.
Ha. Onlayn kursda video darslarni platformada o'zingizga qulay vaqtda ko'rasiz, haftada bir marta kurator bilan Zoom darsi bo'ladi va har oy oraliq nazorat topshirasiz. Dastur 5 oyga mo'ljallangan, platformaga 6 oyga kirish beriladi. Batafsil: "Onlayn kurslar" sahifasida.
Ha, albatta. Bitiruvchilarimiz hamkor kompaniyalarimizda ishga joylashish imkoniyatiga ega bo'ladi, shuningdek olgan bilim va amaliy ko'nikmalari bilan o'zlari istagan istalgan tashkilotda ham erkin ish faoliyatini boshlashlari mumkin.
