ABCO International Accounting and Finance Academy
ABCO International Accounting and Finance Academy

Milliy Buxgalteriya kursi

Fundamental nazariyadan 1C dasturi va soliq hisobotigacha — to'liq amaliy buxgalteriya kursi

Davomiyligi: 6 oy
Milliy Buxgalteriya kursi

Kurs dasturi

FUNDAMENTAL BOSQICH (UZB va RUS tillarida): Korxona ochilishi, buxgalteriyaga kirish (aktiv, passiv, tranzit va debit-kredit mazmun-mohiyati); schotlar rejasi bilan tanishish va 01-schotdan boshlab kirish; asosiy vositalar, lizing, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli debitorlik qarzdorliklar. Asosiy ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlar, tovarlar, kechiktirilgan xarajatlar; MEBga avanslarni hisobga olish; debitorlik qarzlari, kassa, hisob raqam, qisqa muddatli investitsiyalar. Ta'sischilarga bo'lgan qarzlar; hodimlarga ish haqi hisoblash; xaridorlardan olinadigan avans; uzoq muddatli kreditlar, ustav kapitali; tranzit schyotlar. 1C BOSQICHI: 1C dasturida korxona ma'lumotlari va hisob siyosati, bank operatsiyalari; asosiy vositalarni kirim qilish va foydalanishga topshirish; ishonchnoma rasmiylashtirish, TMB kirim qilish; xizmatlar sotib olish, sotish, tovarni komissiyaga berish, tovarlarni naqd pulga sotish. Xomashyoni ishlab chiqarishga topshirish, tayyor mahsulot kirim qilish; chet el MEB to'lovi, IM-40 kirim qilish; korporativ karta operatsiyalari; hodimlarga avans, soliqlarni to'lash; ta'sischiga dividend hisoblash; asosiy vositani lizingga berish, inventarizatsiya va ombor hisobotlari. SOLIQ BOSQICHI: Korxonani onlayn tartibda ochish, birdarcha sayti; jismoniy shaxslarning daromad solig'i va ijtimoiy soliq hisoboti topshirish; my.mehnat saytida xodimlarni ishga qabul qilish; resurs soliqlari (suv, yer, mol-mulk solig'i) hisobotlari; aylanmadan olinadigan soliq hisoboti; bank-klient bilan ishlash; QQS hisoboti; foyda solig'i hisoboti; buxgalteriya balansi va moliyaviy natija (Forma-1, Forma-2) 1C'da; Didox bilan ishlash, kiruvchi-chiquvchi faktura.

Kurs natijasida

  • Buxgalteriya hisobining barcha bosqichlarini mustaqil yurita olasiz
  • 1C dasturida amaliy ishlashni bilasiz
  • Soliq hisobotlari va elektron hisobotlarni mustaqil tuzasiz
  • Mutaxassislik bo'yicha DIPLOM olasiz va O'zbekistonda ishga joylashuvda yordam beriladi

Kimlar uchun

Boshlang'ich buxgalterlar, IP va MChJ egalari uchun

Ko'p beriladigan savollar

ABCO Akademiyasi 2009-yildan boshlab "Right Accounting" MCHJ qoshida tashkil etilgan bo'lib, 2017-yildan boshlab ta'lim faoliyatini yo'lga qo'ygan. O'tgan davr mobaynida 15 000 dan ortiq bitiruvchi tayyorladik.

Ha, 2021-yildan boshlab ABCO Akademiyasi ACCA Xalqaro Moliya tashkilotining GOLD statusdagi rasmiy hamkori va IAPBE Xalqaro Moliya tashkilotining doimiy hamkori hisoblanadi.

Milliy Buxgalteriya yo'nalishida 6 oylik dasturni tugatganlarga SERTIFIKAT, 10 oylik dasturni tugatganlarga esa mutaxassislik bo'yicha rasmiy DIPLOM beriladi va O'zbekistonda ishga joylashuvda yordam ko'rsatiladi. ACCA kurslarida esa har bir paper (F1–F9) yakunida ACCA tashkilotining xalqaro sertifikati taqdim etiladi.

Ha, to'lovni oylik bo'lib to'lash imkoniyati mavjud. Aniq shartlar uchun biz bilan bog'laning.

Ha, onlayn dars mavjud. O'quv jarayoni maxsus onlayn platforma orqali olib boriladi va 5 oy davomida bosqichma-bosqich davom etadi.