ABCO International Accounting and Finance Academy
← Onlayn kurslar

Onlayn buxgalteriya kursi: Fundamental bosqich

25 ta video darsda buxgalteriya asoslari: debet-kredit, schotlar rejasi va har bir bo'lim. Haftalik Zoom va kurator bilan, istalgan joydan.

Onlayn · video darslar + ZoomDavomiyligi: 2 oy · 25 video dars
Onlayn buxgalteriya kursi: Fundamental bosqich

Kurs dasturi

Fundamental bosqich — ABCO onlayn buxgalteriya kursining birinchi qismi. 25 ta video darsdan iborat va 2 oyga mo'ljallangan. Darslarni o'zingizga qulay vaqtda ko'rasiz, haftada bir marta kurator bilan Zoom'da savollaringizni berasiz va uy vazifalarini tahlil qilasiz. Bosqich oxirida oraliq nazorat topshirasiz: o'tsangiz, keyingi 1C bosqichi ochiladi.

Video darslarda nimalar o'tiladi

Korxona ochilishi va buxgalteriyaga kirish: aktiv, passiv, tranzit, debet va kredit mazmun-mohiyati. Schotlar rejasi bilan tanishib, 01-schotdan boshlab ketma-ket o'tasiz: asosiy vositalar, lizing, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari. Asosiy ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va tovarlar, kechiktirilgan xarajatlar; MEBga avanslarni hisobga olish; debitorlik qarzlari, kassa, hisob raqam, qisqa muddatli investitsiyalar. Ta'sischilarga bo'lgan qarzlar, xodimlarga ish haqi hisoblash, xaridorlardan olinadigan avans, uzoq muddatli kreditlar, ustav kapitali va tranzit schyotlar.

Onlayn o'qish qanday o'tadi

Ariza qoldirasiz, menejer siz bilan bog'lanib kurs haqida to'liq ma'lumot beradi. Shundan so'ng Gmail pochtangizga platformaga kirish ochiladi. Butun onlayn dastur 5 oyga mo'ljallangan, platformaga esa 6 oyga kirish beriladi: 1 oy bonus sifatida. Faol o'qisangiz, dasturni ancha tezroq tugatishingiz ham mumkin.

Kurs natijasida

  • ✓Debet, kredit va schotlar rejasini noldan tushunib olasiz
  • ✓Har bir buxgalteriya bo'limi bo'yicha provodkalarni o'zingiz yozasiz
  • ✓Kurator bilan haftalik Zoom'da tushunmagan joylaringizni aniqlab olasiz
  • ✓Oraliq nazoratdan o'tib, 1C bosqichiga o'tasiz

Kimlar uchun

Buxgalteriyani noldan o'rganmoqchi bo'lgan, lekin Toshkentdagi darslarga qatnay olmaydiganlar uchun: viloyatlarda yashovchilar, yosh bolasi borlar, ishi ko'p bo'lib jadvalga bog'lana olmaydiganlar.

Ko'p beriladigan savollar

Ha. Fundamental bosqich eng birinchi tushunchalardan boshlanadi. Tushunmagan joyingizni haftalik Zoom darsida kuratorga so'raysiz.

O'zingizga qulay vaqtda. Belgilangan dars jadvali yo'q, faqat haftasiga bir marta kurator bilan Zoom bo'ladi.

Ha. 2 oy — tavsiya etilgan muddat. Darslarni tezroq o'zlashtirib, oraliq nazoratdan o'tsangiz, 1C bosqichi ertaroq ochiladi.

Ariza qoldirasiz, menejer siz bilan bog'lanadi. Shundan so'ng Gmail pochtangizga kirish ochiladi va kurslarni shu orqali ko'rasiz.

Narx va to'lov shartlarini menejer aytib beradi. Sahifadagi formani to'ldiring, sizga qo'ng'iroq qilamiz.